Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Bola asrsab olgan xodimlarga ham nafaqa va ta`tillar beriladi


Bola asrsab olgan xodimlarga ham nafaqa va ta`tillar beriladi

 

O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 406-moddasiga ko’ra, yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimlarga ham nafaqa to`lanadi. Sog`liqni saqlash vazirining 2015-yil 17-apreldagi 25-sonli buyrug`I bilan tasdiqlangan Yo`riqnomaning 29-bandiga asosan bevosita tug`ruq muassasasidan yoki boshqa muassasadan yangi tug`ilgan Bolani farzandlikka olgan yoki bolaga vasiy etib tayinlangan xodimlarga hududiy ambulator poliklinikatomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsixlik varaqasi beriladi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 1-apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomning 42-bandiga ko`ra yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimlarga nafaqa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi.

Shuni inobatga olish kerakki, yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimlarga bola tug‘ilgan kundan e’tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o‘tguniga qadar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan davr uchun nafaqa to‘lanadi va ta’til beriladi.

Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko‘ra, xodimga bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi, shuningdek bola uch yoshga to‘lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham beriladi.

Bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug‘ilgan kundan e’tiboran 56 kalendar kun. Ya’ni muddatni hisoblashda faqatgina bola farzandlikka olingan kun emas balki u tug‘ilgan kun ham e’tiborga olinadi.

Masalan, agar bola 1-oktabrda tugʼilgan, 1-noyabrda esa farzandlikka qabul qilingan boʼlsa, taʼtil 1-noyabrdan ya'ni bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan 25-noyabrgacha (bola tugʼilgan kundan eʼtiboran ya'ni 1-oktabrdan 56 kalendar kun oʼtgunga qadar) beriladi.

Taʼtil olish huquqini tasdiqlash uchun xodim oʼzi onasi (otasi, vasiysi) sifatida qayd qilingan bolaning tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnomani hamda farzand asrab olish toʼgʼrisidagi hujjatni taqdim etishi kerak.

 

Bekobod shahar Adliya bo’limi xodimi        D.Rasulov