Янгиликлар
Nogironlik nafaqasini olish tartibi qanday?
Nogironlik nafaqasini olish tartibi qanday?
Nogironlik nafaqasini olmoqchi bo‘lgan shaxsda huquq paydo bo‘lganidan so‘ng nafaqani olishni so‘rab Davlat xizmatlari markaziga bevosita tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)dan ro‘yxatdan o‘tgan holda so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP to‘ldirilgan so‘rovnomani Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi.
Keyingi bosqichda Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy majmuasi murojaatchini nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligini o‘rganish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligidan kelib tushgan ma’lumotlar bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda fuqaroning telefon raqamiga nafaqa tayinlash rad etilganligi haqida SMS-xabar yuboriladi.
Shundan so‘ng, Davlat xizmatlari markazi nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqa tayinlangan taqdirda esa nafaqani qachon va qaerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Ma’lumot uchun, yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga nafaqasini olmoqchi bo‘lgan shaxslar ham yuqoridagi link orqali onlayn ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
YuXKM boshyuriskonsulti D.Rasulov