Янгиликлар
“Suyunchi puli”ni olish tartibi qanday?
“Suyunchi puli”ni olish tartibi qanday?
Xalq tilida “Suyunchi puli” deb ataladigan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir tug‘ilgan farzand uchun to‘lab beriladi. Ya’ni bir vaqtda tug‘ilgan ikki yoki undan ortiq egizak bolalarning har biri uchun alohida nafaqa to‘lanadi.
Ma’lumot uchun: bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa summasi - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Ya’ni hozirgi kunda 688 940 so‘mni tashkil etadi.
Suyunchi nafaqasini olish uchun qaerga murojaat qilish kerak?
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bunda fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish maqsadida “suyunchi nafaqasi”ni tayinlash bo‘yicha xizmatlar 2020 yildan boshlab, fuqaroning murojaatisiz kompozit shaklida amalga oshirilmoqda.
Ya’ni, bugungi kunda bola tug‘ilganda bolaga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlar tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) tomonidan "Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha zaruriy ma’lumotlar tibbiyot muassasasi va FHDYo axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan holda “Suyunchi” nafaqasi avtomatik ravishda tayinlanadi. “Suyunchi” nafaqasi tayinlangan bolaning ota-onasidan biri o‘ziga yaqin joydagi Xalq banki filialidan shaxsni tasdiqlovchi xujjatini taqdim qilgan holda olishlari mumkin.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
YuXKM boshyuriskonsulti D.Rasulov