Янгиликлар
Rus tili fani o‘qituvchisi kasal bo‘lganda uning darsini o‘tgan o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydimi?
Rus tili fani o‘qituvchisi kasal bo‘lganda uning darsini o‘tgan o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydimi?
Bugungi kunda ayrim fanlardan dars beradigan o‘qituvchilardan murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning murojaatlarida bo‘lib o‘tiladigan sinflarning ikkinchi o‘qituvchisi ayrim sabablarga ko‘ra bo‘lmagan vaqtlarida uni darslarini o‘tgan o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘lanmasligi bo‘yicha eʼtirozlar bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli "XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA"gi Qarori bilan tasdiqlangan "Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash TO‘G‘RISIDA"gi Nizomning 22-bandiga asosan bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmasligi belgilab qo‘yilgan.
Bekobod shahar adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Norqo‘ziyev