Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xodim mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lgani uchun unga haq to‘lash tartibi


Xodim mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lgani uchun unga haq to‘lash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 1-apreldagi 21-son bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda, sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda, karantinda, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda, mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to`lanishi belgilangan bo`lib, umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida, umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida suningdek ish stajining davomiyligidan qat’i nazar qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanishi belgilab qo`yilgan.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                            J.Norqo‘ziyev