Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yer- xususiy mulk.


Yer- xususiy mulk.

 

Yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi.

Yer uchastkasini xususiylashtirish — ommaviy mulk boʻlgan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mulkiga oʻtkazish.

Boʻsh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi;

Davlat koʻchmas mulk obyektlari — davlat mulki boʻlgan mulkiy majmualar (korxonalar), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlardir.

Yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining va yuridik shaxslarining mulkiga oʻtkazish;

Elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni oʻtkazish usuli boʻlib, bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmogʻidagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida auksiondan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizatsiya qilinadi;

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi.

Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 68-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir va yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin” deb belgilab qoʻyilgan.

Bugungi kunda yer xususiy mulk boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda 2022-yildan eʼtiboran qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan.

Bosh qomusimizga asosan endi oʻzingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin: qanday qilib?

         Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun asosida:

         -jismoniy va yuridik shaxslarning oʻzlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi;

-tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini auksionga qoʻyish;

-yakka tartibdagi uy-joylarning yer uchastkalarini mulk huquqi asosida sotib olish tartibi belgilab berildi.

Fuqarolarimizda yakka tartibdagi uy-joy, yuridik shaxslarda esa noturar bino-inshootlar mavjud. Ular oʻzlariga tegishli koʻchmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin boʻladi (agar bino kadastrdan oʻtmagan boʻlsa, yerni xususiylashtirish mumkin boʻlmaydi).

         Bugungi kunda fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan noturar joy obyektlarining yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Yaʼni bino oʻzingizga tegishli boʻlsa ham, uning yeri sizga tegishli emas edi.

Mana shu yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun endi jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilishi mumkin. Ariza Kadastr agentligi va Qurilish boʻlimlariga yoʻnaltiriladi. Kadastr boʻlimlari va qurilish boʻlimlari tomonidan tekshiruvlardan oʻtgandan keyin fuqaroga toʻlovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun toʻlovni amalga oshiradi.

         Toʻlov amalga oshirilgandan keyin maʼlumotlar billing tizimida hisobga olinib, davlat organlari tomonidan oʻsha yer uchastkasiga boʻlgan davlat orderi beriladi. Mazkur order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

Har bir jismoniy va yuridik shaxs oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkasini faqat oʻzi sotib olishi mumkin. Bu auksionga qoʻyilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga oʻtib ketishi mumkin emas.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun yer uchastkalari esa auksion savdolari orqali shaffof tarzda sotib olinadi. Yer uchastkasini xususiylashtirish mutlaqo ixtiyoriy boʻlib, yerga boʻlgan mulk huquqiga ega boʻladi.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                N. Anarqulova