Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Konstitutsiya – farovon hayotimizning asosiy mezoni!


Konstitutsiya – farovon hayotimizning asosiy mezoni!

 

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, roʻy berayotgan barcha oʻzgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida eʼtirof etilib, mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini qonunlarga tayanib qurishga qattiq kirishilgan, desak xato boʻlmaydi. Fuqaro – jamiyat – davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyodagi eng ilgʻor, eng insonparvar, adolatli Konstitutsiyalardan desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.

Konstitutsiya -Asosiy qonun sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi.

Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega boʻlish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, soʻz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga koʻtardi.

Konstitutsiyamizning 25-moddasiga “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir.

Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi”, deb belgilangan. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas va tabiiy huquqi boʻlib, u mamlakatda oʻlim jazosini belgilash, tayinlash va ijro etishni qatʼiy inkor etadi.

Konstitutsiya mazkur moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi” degan qatʼiy norma mustahkamlanib, ushbu nihoyatda jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligini, insonparvarlik gʻoyalariga sodiq ekanligini konstitutsiyaviy norma bilan mustahkamlagan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan paytda jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻlim jazosini nazarda tutuvchi 30 dan ortiq moddalardan iborat edi. 2008-yilning 1-yanvaridan oʻlim jazosini bekor qilgan va bunday qadam qoʻygan dunyodagi 135 chi davlat boʻlib, inson huquqlarini kamsituvchi, jirkanch, gʻayriinsoniy, jinoiy jazoning ogʻir turi boʻlgan oʻlim jazosini taqiqlab qoʻyish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi normani kiritilishi, mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yoʻlidagi maqsadimizga xizmat qiladi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3 va 5-bandlarida har kim yashash huquqiga ega va hech kim qiynoqqa solinmasligi, shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor boʻlmasligini belgilab beradi.

Bundan tashqari, oʻlim jazosini bekor qilish BMT Bosh Assambleyasining 1977-yil 8-dekabr va 1980-yil 15-dekabrdagi rezolyutsiyalarida, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 15-dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi paktning ikkinchi fakultativ protokolida tavsiya etilgan.

Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati koʻpincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bogʻliqdir.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                              Nazokat Anarqulova