Янгиликлар
Ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga chiqish
Ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasining 45-moddasida har kim dam olish huquqiga egaligi, yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtilini belgilash orqali taʼminlanishi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 213-moddasida har yilgi mehnat, ijtimoiy, ish haqi qisman saqlanadigan va ish haqi saqlanmaydigan taʼtillar turlari nazarda tutilgan boʻlib, ushbu kodeksning 241-moddasiga asosan ish haqi saqlanmaydigan taʼtil deganda xodimning ish oʻrni saqlanib qolgan holda haq toʻlanmaydigan taʼtil berilishi va bu taʼtil xodimning yozma arizasiga koʻra xodim va ish beruvchi oʻrtasida davomiyligini kelishgan holda berilishi belgilangan.
Lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi taʼtil berilgan kundan eʼtiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi koʻpaytirilishi, biroq koʻpi bilan olti oygacha koʻpaytirilishi mumkin.
Shuningdek, kodeksning 242-moddasiga koʻra, xodimning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtil 941–1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha, 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga, 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) – har yili 14 kalendar kungacha va qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga majburiy tartibda beriladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti N. Anarqulova