Янгиликлар
Buyuk shaxsni buyuk ona tarbiyalaydi.
Buyuk shaxsni buyuk ona tarbiyalaydi.
Sen gulsenu men haqir bulbuldurmen,
Sen shuʼlasen, ul shuʼlagʻa men kuldurmen.
Nisbat yoʻqtur, deb ijtinob aylamakim,
Shahmen zlga, vale senga quldurmen!
Zahiriddin Muhammad Bobur
Buyuk shaxsni buyuk ona tarbiyalaydi, deydi donishlarimiz. Buyuk onalarni tarbiyalash esa oila atalmish muqaddas dargohning muhitiga bevosita bogʻliqdir. Ona hurmat topgan oilada farzand ham oqil boʻlib oʻsadi.
Shu kunlarda dunyoning boshqa mamlakatlari qatori yurtimizda ham yana bir umumbashariy bayram – Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlanmoqda. Binobarin, BMT Bosh Assambleyasi 2007-yil 18-dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash toʻgʻrisida"gi rezolyutsiyaga muvofiq, 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan.
Davlatimiz rahbarining gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash masalasiga alohida yuksak eʼtiborini qaratib, qishloq ayollarining taʼlim olishi, mehnat qilishi,bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni zoʻravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratib, “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 2022-yil 21-sentyabrdagi PQ-376-son qarorilari ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2022-yilning 8-noyabr kunida qabul qilingan “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 650-sonli qarori qabul qilinib ijroga qaratildi.
Mazkur qarorga koʻra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilib, Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million soʻmgacha davlat granti ajratiladi.
Shuningdek, davlat granti “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan, xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz, norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan, odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan va umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar hamda muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, qaror bilan tasdiqlangan Nizom qabul qilinib ijroga qaratilgan.
Ushbu nizom asosida Markazlarning asosiy vazifalari etib;
-ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda oʻtirib qolgan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yoʻnalishlarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
-mahallalarning geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oʻsish nuqtalarini inobatga olgan holda, ishsiz, lekin ishlash istagida boʻlgan kasb-hunarga ega boʻlmagan, shuningdek, oʻz bilimlarini yanada mustahkamlash va malakasini oshirish, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha kasblar va hunarlarga oʻqish istagida boʻlgan xotin-qizlarni tegishli kasblarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etish. Ularning kelgusida oʻzlashtirgan kasblari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va rivojlantirishiga koʻmaklashish;
-xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini taʼminlash, ularning kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida zarur maʼlumot va tavsiyalar berib borish;
-xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sogʻlomlashtirishga moʻljallangan xizmat koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
-sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yoʻlga qoʻyish;
-muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularning oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirishda, bandligini taʼminlashda, kasb-hunar egallashida koʻmaklashish hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda qishloq ayollarining farzand tarbiyasi, uy-roʻzgʻor ishlariga chalgʻib qolmay, serqirra faoliyat bilan mashgʻul ekani, natijada qishloq ayollari orasidan ham taniqli olima va shifokorlar, muallima va tadbirkorlar yetishib chiqayotgani har qancha tahsinga loyiq.
Biz qishloq ayollari soddadil, samimiy, mehnatsevar va gʻayrat-shijoatga boy boʻlib, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikka hamisha munosibmiz.
U hayotin andoz-pardozsiz yashab oʻtmoqda,
Balki taqmay oʻtar tillo taqinchoq.
Roʻmoli shoyimas, koʻylagi odmi,
Opamdir, singlimdir ming bir iboda,
Tandir – suhbatdoshi, sirdoshi – oʻchoq
Bu qishloq ayoli, qishloq ayoli!
Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Nazokat Anorqulova.