Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

NOGIRONLIGI MAVJUD BOʻLGAN ODAMGA QARAGANLIK UCHUN HAM ISH STAJI YOZILADIMI?


NOGIRONLIGI MAVJUD BOʻLGAN ODAMGA QARAGANLIK UCHUN HAM ISH STAJI YOZILADIMI?

 

  “Fuqarolarning davlat pensiya taʻminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddasida koʻra ish stajiga qoʻshib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari keltirilgan boʻlib, unga binoan I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.


   Ushbu muddatlar ish stajiga qoʻshib hisoblanishi uchun umumiy ish ctaji kamida 7 yil boʻlishi lozim.
   Demak, nogironligi mavjud boʻlgan insonga qaraganligi davri umumiy ish staji 7 yildan kam boʻlmagan shaxslarning ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

 

 

Roʻziyeva Sharofat

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi