Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI XODIMGA ASOSIY VA OʻRINDOSH ISH JOYIDAN HAM XIZMAT SAFARI UCHUN PUL TOʻLANADIMI?


OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI XODIMGA ASOSIY VA OʻRINDOSH ISH JOYIDAN HAM XIZMAT SAFARI UCHUN PUL TOʻLANADIMI?

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi” Nizomning 12-bandiga koʻra, oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga ish beruvchilarning oʻzaro kelishuvi asosida yuboriladi va uning oʻrtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Xizmat safariga bir vaqtning oʻzida ham asosiy, ham oʻrindoshlik asosidagi ishi boʻyicha xizmat safariga yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ichki oʻrindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa oʻrtacha ish haqi asosiy va oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha saqlanadi.

 

 

Roʻziyeva Sharofat

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi