Янгиликлар
ISH BILAN BOGʼLIQ HUJJATLARNI VA ULARNING KOʻCHIRMA NUSXALARINI BERISH
ISH BILAN BOGʼLIQ HUJJATLARNI VA ULARNING KOʻCHIRMA NUSXALARINI BERISH
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 117-moddasiga koʻra ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart:
1). ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, boshqa ishga oʻtkazish haqidagi buyruqlarning koʻchirma nusxalari;
2). mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmalarni;
3). ish haqi toʻgʻrisidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan toʻlangan soliqlar va yigʻimlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri toʻgʻrisidagi maʻlumotnomalarni va boshqalarni.
Mazkur hujjat nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ish bilan bogʻliq hujjatlar va ularning koʻchirma nusxalari xodimga bepul beriladi.
Roʻziyeva Sharofat
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi