Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

OʻZBEKISTONDA XORIJGA CHIQISH PASPORTI OLISH TIZIMI OSONLASHTIRILDI.


OʻZBEKISTONDA XORIJGA CHIQISH PASPORTI OLISH TIZIMI OSONLASHTIRILDI.

     Oʻzbekistonda xorijga chiqish biometrik pasportini endi barcha DXMlar orqali rasmiylashtirish mumkin. Xizmat eksterritorial tamoyil asosida, yaʻni fuqaroning roʻyxatda turgan manzilidan qatʻiy nazar koʻrsatiladi. Qolaversa, pasportni olish uchun talab etiladigan maʻlumotnomalar ham qisqartirildi.

    Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etildi. Xizmat uchun toʻlovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish mumkin.

    Bundan tashqari, taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʻlumotnoma qisqartirildi. Xususan, 18−27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilindi.

    Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

    Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi. YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

    Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

    Eslatib oʻtamiz, prezident farmoni bilan 1-yanvardan fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshirilmoqda, qolaversa, pasport uchun toʻlov narxi BHMning 1,2 baravaridan 1 baravarigacha arzonlashtirildi.

 

 

 

 

Roʻziyeva Sharofat

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi