Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

NIKOHI YOʻQ ER VA XOTIN UMUMIY MOL-MULKI QANDAY BOʻLINADI…


NIKOHI YOʻQ ER VA XOTIN UMUMIY MOL-MULKI QANDAY BOʻLINADI…

Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish er va xotindan birining talabiga koʻra, ular nikohda boʻlgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni boʻlish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida boʻlib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi oʻzaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga asosan diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas!

Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki oʻzga kompensatsiya belgilanishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining oʻz mulki deb topishi mumkin.

Voyaga etmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) boʻlinmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan oʻrtadagi voyaga etmagan bolalar nomiga qoʻyilgan omonatlar oʻsha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish paytida eʼtiborga olinmaydi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda boʻlingan taqdirda, er va xotin mol-mulkining boʻlinmay qolgan qismi, shuningdek er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.

Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi talablariga nisbatan 3 yillik daʼvo muddati qoʻllaniladi.

 

 

 

 

 

 

Roʻziyeva Sharofat

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi