Янгиликлар
TAʼTIL UCHUN OʻRTACHA ISH HAQI QANDAY HISOBLANADI ?
TAʼTIL UCHUN OʻRTACHA ISH HAQI QANDAY HISOBLANADI ?
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.
Bunda oʻrtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi oʻn ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim oʻn ikki oydan kam ishlagan boʻlsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).
Shu qoidaga koʻra xodimning oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan boʻlsa, uning taʼtilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha toʻlovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qoʻshilgan holda 12 ga boʻlinadi.
Xodim korxonaga ishga qabul qilinganiga 12 oydan kam vaqt boʻlganda uning oʻrtacha ish haqini hisoblash ishlagan davriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Yillik mehnat taʼtili vaqtida saqlanib qolinadigan oʻrtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2985)ga koʻra oʻsha xodimga bu yil taʼtil kuniga mutanosib ravishda haq toʻlanishi kerak.
Roʻziyeva Sharofat
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi