Янгиликлар
SHAXSNI HAQORAT QILISH
SHAXSNI HAQORAT QILISH
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra har qanday holatda ham shaxsni haqorat qilish, unga tuhmat qilish taqiqlangan. Bu huquq hech kimga berilmagan.
Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʻmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.
Xususan, Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, yaʻni shaxsning shaʻni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, ushbu kodeks 40-moddasida Tuhmat, yaʻni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi mustahkamlab qoʻyilgan.
Endi qarang! agar yuqoridagi qilmishlar maʻmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qoʻllanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)
Islamov Muzaffar
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti