Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

MEHNAT SHARTNOMASIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI


MEHNAT SHARTNOMASIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

 

Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.

  • Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq toʻlash miqdori, ish vaqtining, taʻtilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.
  • Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi.

Mehnat shartnomasini oʻzgartirish asoslari qoʻyidagilar:

  • mehnat shartlarining oʻzgarishi;
  • xodimning boshqa ishga oʻtkazilishi;
  • ish beruvchining boshqa joyga koʻchishi munosabati bilan joyning oʻzgarishi;
  • xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
  • mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan ish joyining oʻzgarishi.

Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish huquqi:

  • Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan mehnat vazifasiga koʻra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqlidir.
  • Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan eʻtiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
  • Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

Ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz oʻzgartirish huquqi:

  • Agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin boʻlmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini oʻzgartirishga haqli.
  • Agar Mehnat Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi oʻzgarishi haqida xodimni kamida ikki 2 oldin yozma shaklda, imzo qoʻydirib ogohlantirishi shart. Koʻrsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
  • va boshqalar.

Xodimni boshqa ishga oʻtkazish muddati

  • Xodimni boshqa ishga doimiy oʻtkazishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
  • Xodimning sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga doimiy oʻtkazish

 

Islamov Muzaffar

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti