Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi.


“Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqiladi.

"Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.

Institutning asosiy vazifalaridan biri sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Farmonga koʻra, quyidagilar ishlab chiqiladi:

▫️ 2024-2026-yillarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanishni tizimli targʻib qilish va ommalashtirish dasturi;

▫️2023-yil yakunigacha “Aholi salomatligi – 2030” milliy strategiyasi.

Shuningdek, quyidagilar Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga oʻtkaziladi:

????Farmasevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;

????2024-yil 1-yanvardan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi.

2026-yil yakunigacha tibbiy sugʻurta respublika boʻylab toʻliq joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvardan Vazirlik huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi:

➖Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;

➖Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi;

➖Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi;

➖Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.

2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi direksiyasi tashkil etiladi.

 

 

Islamov Muzaffar

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti