Янгиликлар
23
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga stipendiya toʻlash va uning muddatlari
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga stipendiya toʻlash va uning muddatlari
Ishsiz shaxslarga stipendiya kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakani oshirish davrida tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan toʻlanadi.
- ishidan mahrum boʻlgan shaxslarga (qaramogʻida mehnatga layoqatsiz shaxs boʻlsa) oldingi oʻrtacha ish haqining kamida 75% miqdorida;
- ishidan mahrum boʻlgan shaxslarga (qaramogʻida mehnatga layoqatsiz shaxs boʻlmasa) oldingi oʻrtacha ish haqining 50% miqdorda, lekin oʻrtacha ish haqidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
- uzoq vaqt (bir yildan koʻproq) ishlamayotgan, birinchi marta ish qidirayotgan hamda kasbga tayyorlashga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga muhtoj shaxslarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda.
Tashkilot tugatilishi yoki shtat qisqartirilishi tufayli oʻqiyotgan shaxslarga ish beruvchi (mablagʻi boʻlmasa, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi) tomonidan 3 oy davomida, oldingi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya toʻlanadi.
Islamov Muzaffar
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti