Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

QANDAY HOLLARDA MUROJAATLAR KOʻRMASDAN QOLDIRILADI?


QANDAY HOLLARDA MUROJAATLAR KOʻRMASDAN QOLDIRILADI?

 

29-modda. Murojaatlarni koʻrmay qoldirish

Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

anonim murojaat bu — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʻlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʻlumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat

jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;

mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.

Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti