Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

ISHGA QABUL QILISHNI GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA RAD ETISH DEB HISOBLANADIGAN HOLATLAR HAQIDA TUSHUNTIRIB BERING.


ISHGA QABUL QILISHNI GʻAYRIQONUNIY RAVISHDA RAD ETISH DEB HISOBLANADIGAN HOLATLAR HAQIDA TUSHUNTIRIB BERING.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehant kodeksining 119-modda. Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi

Quyidagilar ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdir:

mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzish;

ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart boʻlgan shaxslarni (ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishga qabul qilmaslik;

sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini ishga qabul qilinishi rad etilgan shaxsning talabiga koʻra uch kunlik muddatda taqdim etishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

 

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti