Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

PENSIONERNING VAFOTI MUNOSABATI BILAN OLINMAY QOLGAN PENSIYANI TOʻLASH VA DAFN ETISH UCHUN NAFAQA TOʻLASH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?


PENSIONERNING VAFOTI MUNOSABATI BILAN OLINMAY QOLGAN PENSIYANI TOʻLASH VA DAFN ETISH UCHUN NAFAQA TOʻLASH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

 

63-modda. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani toʻlash va dafn etish uchun nafaqa toʻlash

Pensioner olishi lozim boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʻminlanadigan shaxslar (19, 20-moddalar) doirasiga kiruvchi oila aʻzolariga toʻlanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila aʻzolari bu pulni, ular boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʻminlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega boʻladilar.

Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolgan pensiya puli koʻrsatib oʻtilgan oila aʻzolariga ushbu oy uchun toʻliq toʻlanadi.

Oilaning bir necha aʻzosi murojaat etgan taqdirda pensiyaning ularga tegishli summasi ularning oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining toʻrt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi toʻlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda toʻlanadi.

 

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti