Янгиликлар
SOLIQ KODEKSIGA MUVOFIQ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA NECHA TURDAGI SOLIQLAR BELGILANGAN VA ULAR QAYSILAR?
SOLIQ KODEKSIGA MUVOFIQ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA NECHA TURDAGI SOLIQLAR BELGILANGAN VA ULAR QAYSILAR?
17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
2) aksiz soligʻi;
3) foyda soligʻi;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
5) yer qaʻridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk soligʻi;
8) yer soligʻi;
9) ijtimoiy soliq.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yigʻimlar belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.
Abdulaziz Kazimbayev
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti