Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

QONUNCHILIKKA KOʻRA DOTATSIYA NIMA?


QONUNCHILIKKA KOʻRA DOTATSIYA NIMA?

 

Dotatsiya — budjet tizimi budjetlariga ularning oʻz daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar oʻrtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;

Dotatsiya (lot. dotatio — tuhfa) — 1) maʼlum harajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi. Dotatsiya, odatda, davlat byudjetidan ajratiladi. Ammo firmalar, korporatsiyalar va uyushmalar oʻz tarkibiga kiruvchi turli boʻlinma va shoxobchalarga ham moliyaviy koʻmak tariqasida dotatsiya beradi. Dotatsiyadan maqsad moliyaviy koʻmakka muxtojlarning qoʻshimcha harajatlarini qoplab, ularning daromad va harajatlarini muvofiqlashtirishdir. Byudjetdan beriladigan dotatsiya aholini ijtimoiy himoyalashni ham moʻljallaydi. Bunda korxona va tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovar va xizmatlarni arzon narxda sotishidan kuradigan zarari qoplanadi. Oʻzbekistonda bozor islohotlarining dastlabki kezlarida barcha aholini qimmatchilikdan himoya etish uchun isteʼmol tovarlari xalqqa arzon narxda sotilib, bundan koʻrilgan zarar davlat byudjeti dotatsiyasi hisobidan qoplandi. Shuningdek, kommunal uy-joy xizmatlariga ham dotatsiya berildi.

 

 

 

 

Muzallamov Muhiddin

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti