Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

PENSIYA MIQDORI QANDAY HOLLARDA QAYTA HISOBLAB CHIQILADI?


PENSIYA MIQDORI QANDAY HOLLARDA QAYTA HISOBLAB CHIQILADI?

49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari

Pensiyalarni qayta hisoblash:

pensioner pensiya miqdoriga taʻsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;

nogironlik guruhi oʻzgarganda;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʻzolari soni oʻzgarganda;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda;

daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida koʻrsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo boʻlganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.

51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari

Pensiyani oshirish huquqi paydo boʻlganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab boʻladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

 

 

 

 

Muzallamov Muhiddin

Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti