Янгиликлар
QAYSI TURDAGI ISHLAR MAʻMURIY SUDLAR TOMONIDAN KOʻRIB CHIQILADI?
QAYSI TURDAGI ISHLAR MAʻMURIY SUDLAR TOMONIDAN KOʻRIB CHIQILADI?
Bizga maʻlumki, Oʻzbekiston Respublikasining “Maʻmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi kodeksining 26-moddasiga koʻra, Maʻmuriy sudlarga- fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʻmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir.
Maʻmuriy sudlarda- notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; saylov boʻyicha nizolar, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolar koʻrib chiqiladi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; investitsiya nizolari boʻyicha hamda raqobat toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi.
Muzallamov Muhiddin
Yangiyoʻl shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti