Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Bilasizmi


 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

 

 Bunda talabgorlarga (ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida komissiya tomonidan ijobiy xulosa olgan talaba) oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼiy nazar, quyidagi miqdorda toʻlanadi.

Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (330 ming soʻm);

qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (165 ming soʻm).

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev