Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etiladi

Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-166, 28.09.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra:

elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “Oʻzenergosotish” AJ tashkil etiladi;

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini tashish va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral elektr energiyasi uzatish tizimi operatori etib belgilanadi;

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (energetika bozori regulyatori) tashkil etiladi.

 2024-yil 1-iyuldan elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi “Oʻzenergosotish” AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan toʻliq amalga oshiriladi.

 2025-yil 1-yanvardan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari boʻyicha majburiyatlari “Oʻzenergosotish” AJga toʻliq oʻtkaziladi.

 2025-yil 1-yanvargacha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi eksporti va importi shartnomalari, xususiy elektr stansiyalari bilan imzolangan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlari “Oʻzenergosotish” AJga qaytadan rasmiylashtiriladi.

 2024-yil 1-fevralgacha xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida Elektr energiyasi tariflarini shakllantirishning yangi uslubiyoti ishlab chiqiladi.

 2024-yil 1-maygacha “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari orqali uzatish, “Oʻzenergosotish” AJ uchun elektr energiyasini sotish va xarid qilish tariflarini hamda elektr energiyasi uchun kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlanadi.

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev