Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qonunchilikdagi_yangiliklar


“Yashil” isteʼmol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi

 

Hukumat qarori (517-son, 29.09.2023-y.) bilan “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi

Unga koʻra, Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan (165 mln soʻm) hamda foiz stavkasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan koʻp boʻlmagan qismini qoplab berish uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslarning “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha ajratiladi.

Hujjatlar jamgʻarmaga tushgan sanadan 2 ish kunida koʻrib chiqiladi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma koʻrib chiqilgandan soʻng 3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya oʻtkazib beradi.

Jamgʻarma tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda toʻxtatadi:

foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;

qarz oluvchi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini 3 oy ichida ketma-ket bajarmaganda;

qarz oluvchidan kredit summasi va unga hisoblangan foizlar muddatidan oldin undirilganda;

tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;

qarz oluvchining bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari xatlovga olinganda;

qarz oluvchining yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda.

Kompensatsiya ajratilgan jismoniy shaxsning yangi “yashil” isteʼmol krediti boʻyicha quyidagi hollarda takroran kompensatsiya ajratilishi mumkin:

amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha kredit qarzdorligi toʻliq qaytarilganda;

 

“yashil” isteʼmol kreditini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;

jamgʻarma tomonidan kompensatsiya ajratishni toʻxtatish haqida qaror qabul qilinganda.

Izoh: “yashil” isteʼmol krediti – quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini oʻrnatish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev