Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi


“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (515-son, 29.09.2023-y.) bilan “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent nomidan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.

“Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qoʻyiladi.

Savdo sessiyasida sotiladigan bir “yashil energiya” sertifikatining loti 1000 kVt/soat miqdorida belgilanadi.

Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmogʻiga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.

Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmaydi.

Registrant va emitent oʻrtasida sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.

Registrant platformada roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni I-REC (Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti) bosh ofisiga emitent orqali yuborish toʻgʻrisida murojaat yuboradi:

Sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi;

oxirgi 12 oylik buxgalteriya balansi va tashqi audit xulosasi (audit qilingan boʻlsa);

CSD01 shaklidagi toʻldirilgan va imzolangan coʻrovnoma (korxonaning umumiy, rahbariyat va aksiyadorlar toʻgʻrisidagi hamda aloqa maʼlumotlari).

Generatsiya obyektini roʻyxatga olish uchun registrant tomonidan emitentga quyidagi miqdordagi bir martalik yigʻim amalga oshirilayotgan sanadagi Markaziy bankning rasmiy valyuta kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladi:

quvvati 3 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 500 Yevro miqdorida;

quvvati 3 MVtdan katta boʻlgan generatsiya obyektlari uchun – 1 000 Yevro miqdorida.

Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasi yigʻim undirilgandan soʻng emitent tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, roʻyxatdan oʻtkaziladi va generatsiya obyekti platformaga kiritiladi.

Generatsiya obyekti platformada boʻlish muddati 5 yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagandan soʻng generatsiya obyektni qayta roʻyxatga olish talab etiladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev