Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qonunchilikda oʻqituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar


Qonunchilikda oʻqituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar

 

1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan   hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

Bolalarga taʼlim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq toʻlanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.

Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga koʻpi bilan 36 soat qilib belgilanadi.

Maktab oʻqituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari   asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.

Fan olimpiadasi gʻolibini tayyorlagan oʻqituvchilar ragʻbatlantiriladi.

Oʻqituvchilar kasal boʻlib qolganida moddiy yordam beriladi.

Olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.

Oʻzi dars beradigan fani boʻyicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

“Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi gʻolibi boʻlgan maktabga yarim milliard soʻm beriladi.

Inklyuziv sinf oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

Olis hududlarda dars berayotgan oʻqituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

Matematika,   fizika,   kimyo va biologiya   fanlari boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga pul mukofoti beriladi.

Koʻp yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.

Respublika fan olimpiadasi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar malaka toifasi bir pogʻona oshiriladi.

Tibbiyot sohasi professor-oʻqituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Taʼlim muassasalarining chet tillar fanlari oʻqituvchilariga oylik ustamalar beriladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev