Янгиликлар
Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul?
Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul?
Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirishga quyidagilar masʼul hisoblanadi:
- Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
- Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
- Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
- Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
- Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tashkilotlari.
- Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xoʻjaligi organlari.
- Fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
- Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
R.Galiyev