Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi


Davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻcha tashkil qilish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

 

“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tadbirkorlarga, ularning xohishiga koʻra, 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddatini 2024-yil 1-oktyabrgacha uzaytirishga ruxsat etildi.

Bunda:

-imtiyozli davr davomida tadbirkorlar tomonidan kredit boʻyicha faqat foiz toʻlovlari amalga oshiriladi;

-imtiyozli davrda toʻlanishi lozim boʻlgan asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:

-Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka boʻyicha;

-Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka boʻyicha;

         -tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka boʻyicha.

 

                  

Chinoz tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi

R.Galiyev