Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Sergeli tumanidagi yongʻindan zarar koʻrganlarga moddiy yordam koʻrsatiladi


Sergeli tumanidagi yongʻindan zarar koʻrganlarga moddiy yordam koʻrsatiladi

 

Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat sabablarini oʻrganish, koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi (617–F-son, 28.09.2023 y) qabul qilindi.

Farmoyishga koʻra, bu boʻyicha Hukumat komissiyasi (16 kishidan iborat) tashkil etildi.

Shuningdek, omborxonada yuz bergan favqulodda holat sabablarini oʻrganish, koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, koʻp qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish boʻyicha moddiy yordam koʻrsatish choralari koʻriladi.

 

 

                   Chinoz tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi

R.Galiyev