Янгиликлар
“Yashil” isteʼmol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi
“Yashil” isteʼmol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi
Hukumat qarori (517-son, 29.09.2023-y.) bilan “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.
Unga koʻra, Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan (165 mln soʻm) hamda foiz stavkasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan koʻp boʻlmagan qismini qoplab berish uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslarning “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha ajratiladi.
Hujjatlar jamgʻarmaga tushgan sanadan 2 ish kunida koʻrib chiqiladi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma koʻrib chiqilgandan soʻng 3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya oʻtkazib beradi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
R.Galiyev