Янгиликлар
Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi
Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chogʻida jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning huquqlari faqat qonunga asosan va faqat oiladagi boshqa aʼzolarning hamda oʻzga fuqarolarning axloqi, shaʼni, qadr-qimmati, sogʻligʻi, huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida zarur meʼyordagina cheklanishi mumkin.
Chinoz tumani FHDYO boʻlimi mudirasi
Ukibayeva Shoxida Joʻrayevna