Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Xorijiy davlatning vakolatli organida qayd etilgan hujjatlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish TARTIBI


Xorijiy davlatning vakolatli organida qayd etilgan hujjatlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish

TARTIBI

Chet elda qayd etilgan tug‘ilishni axborot tizimiga kiritish

1. Chet elda qayd etilgan hujjat legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan, zaruratga ko‘ra, davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi lozim (tarjimon imzosi notarial tartibda tasdiqlanadi). Izoh: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda shartnoma taraflari bo‘lgan davlat vakolatli organlaridan chiqqan hujjatlar uchun legalizatsiya qilish yoki apostil qo‘yilishi talab etilmaydi.

2. Ota-onasi yoki ulardan biri, yaqin qarindoshlari, vasiy (homiy)lari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, bolaning ota-onasi (vasiy yoki homiysi) yoki ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim. Shuningdek, 2000-yildan avval tug‘ilgan shaxslarning ma’lumotlari ham axborot tizimiga kiritiladi va Personallashtirish agentligiga hududiy adliya organining mas’ul xodimi tomonidan yuboriladi.

3. Guvohnomada bolaning familiyasi va (yoki) ota ismi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchining arizadagi ko‘rsatmasi asosida familiya va (yoki) ota ismi ustuniga “XXX” belgilari qo‘yilgan holda axborot tizimiga kiritilishi mumkin. Agar murojaat qiluvchi “XXX” belgilari bilan axborot tizimiga kiritilishini istamasa, u holda axborot tizimiga kiritish rad etiladi.

4. Hujjat eksterritorial tamoyil asosida fuqarolarning ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar istalgan FHDY bo‘limi tomonidan kiritiladi. Axborot tizimiga ma’lumotlar aniq va to‘liq kiritilishi shart (belgilangan shakllar asosida).

5. Ariza bir ish kuni davomida ijro qilinadi. Arizaga kirish raqami sifatida axborot tizimiga kiritilgan hujjatning ID raqami yoziladi (axborot tizimiga kiritish rad etilgan taqdirda arizani ro‘yxatga olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi). Hujjatlarni aslini ko‘rib, nusxasi arizaga ilova qilingan holda olib qolinadi va 15 yil davomida saqlanadi. Zaruratga ko‘ra, FHDY bo‘limi tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Hujjatlar alohida yig‘majild shaklida yuritiladi va har yil yakuni bo‘yicha tartib bilan tikiladi.

 

Chinoz tumani FHDY bo`limi mudirasi

Ukibayeva Shoxida Jo`rayevna