Янгиликлар
Nikoh tuzish tartibi va shartlari
Nikoh tuzish tartibi va shartlari
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy oʻtgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablar boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi bir oy oʻtgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Alohida hollar (homiladorlik, bola tugʻilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar)da nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. Nikoh tuzish fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi nikohni roʻyxatga olishni rad etganda, shikoyat bilan bevosita sudga yoki boʻysunishiga koʻra yuqori turuvchi organga murojaat qilinishi mumkin.
Chinoz tumani FHDYO boʻlimi inspektori
Ibragimova Azize Shukuriyevna