Янгиликлар
Yashash joyiga doimiy ro’yhat (propiska) ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin.
Yashash joyiga doimiy ro’yhat (propiska) ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin.
Fuqarolar Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyatlar bo’ylab doimiy ro’yhatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek mazkur xizmatdan O’zbekiston Respublikasining “Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yhatga olinishi lozim bo’lgan shaxslar – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro’yhati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq:
Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida ko’chmas mulkka ega bo’lgan fuqarolar;
Toshkent shaxrida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yhatga olingan fuqarolar - Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida doimiy yashash manziliga doimiy ro’yhatga turishlari;
Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yhatga olingan fuqarolar – Toshkent viloyati bo’ylab boshqa manzilga doimiy ro’yhatga turishlari mumkin,
Xizmat ko’rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6600) miqdorida davlat boji undiriladi. Arizalar 1 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.
Yashash joyiga doimiy ro’yhatga qo’yilganligi bo’yicha qayd varag’i beriladi.
Mazkur davlat xizmatidan faqatgina O’zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.
Ushbu xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova