Янгиликлар
Radiotexnik inshoatlarni o’rnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga boorish shart emas
Radiotexnik inshoatlarni o’rnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga boorish shart emas
Buning uchun Jismoniy yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn-my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.
Shu o’rinda davlat xizmatlarini ko’rsatish uchun BHMning 2 baravarida (660 000 so’m) yig’im undiriladi.
So’rovnoma kelib tushgach Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi va uning xududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshoatlarning sanitariya qoidalari normalari va gigiena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan xolda ko’rib chiqadi.
Belgilangan muddat mobaynida Qo’mita va uning xududiy boshqarmalari tomonidan sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YAIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Bunda radiotexnik inshoatning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi o’zgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova