Янгиликлар
“Litsenziya” axborot tizimi orqali Advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish mumkin
“Litsenziya” axborot tizimi orqali Advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish mumkin
Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-yil.) bilan advokatlik faoliyatini maxsus eleлtron tizim orqali litsenziyalash tartibi to’g’risidagi nizomga ko’ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo’yicha amalga oshiriladi:
fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish ;
ma’muriy va sud ishlarini yuritish;
Har bir talabgor tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo’yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.
Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi kerak:
O’zbekiston fuqarosi bo’lishi;
oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lishi yuridik mutaxassislik bo’yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo’lishi;
advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o’tagan bo’lishi;
malaka imtixonini muvaffaqiyatli topshirgan bo’lishi.
Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali electron yuboradi.
Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo’yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O’zbekistonning butun xududida amal qiladi.
Arizani ko’rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (165 000 so’m) miqdorida yig’im undiriladi. Ariza 10 ish kunida ko’rib chiqiladi. Litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda talabgorga xabarnoma yuboriladi.
Talabgor xabarnoma yuborilga kundan boshlab 3 oydan ortiq bo’lmagan muddatga davlaat boji (BHMning 1 baravari -330 000 so’m) to’laydi. Davlat boji to’langach talabgorga electron shaklda QR-kod qoyilgan litsenziya yuboriladi.
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova