Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati


Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati

 

Mehnat huquqlari va majburiyatlariga ega boʻlish layoqati (mehnatga oid huquq layoqati) hamda fuqaroning (jismoniy shaxsning) oʻz xatti-harakatlari orqali mehnat huquqlariga ega boʻlish va ularni amalga oshirish, oʻzi uchun mehnat majburiyatlarini olish va ularni bajarish layoqati (mehnatga oid muomala layoqati) Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun teng ravishda eʼtirof etiladi.

Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xuddi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ega boʻlgan mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega boʻladi.

Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati u oʻn olti yoshga toʻlgan paytidan eʼtiboran bir vaqtning oʻzida vujudga keladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Myehnat kodeksi va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar mustasno.

 

 

 

Piskent tumani Adliya boʻlimi  

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                         Mavlanov R.A.