Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egalik


                 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egalik

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 27-moddasiga ko‘ra.

Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir.

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.

Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

 

Piskent tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i             M.F. Urazbayev