Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

2023-yil 01-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshadi


2023-yil 01-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshadi

 

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi 196-sonli farmoni bilan joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshiriladi.

Xususan:

•  pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming soʻm;
•  yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming soʻm;
•  mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 1-dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) oʻzgarib, 340 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 million kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori koʻpayadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7 foizga oshgan holda hisoblanadi. Bazaviy hisoblash miqdori esa 1-dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) oʻzgarib, 340 ming soʻm etib belgilanmoqda.

Maʼlumot uchun, yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5 foizga oshgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13 foizni tashkil etgan.

Piskent tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 R.Surobov