Янгиликлар
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;
jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin – 1 yil oʻtgach;
ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin – 2 yil oʻtgach;
5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 4 yil oʻtgach;
5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 7 yil oʻtgach;
10 yildan ortiq, lekin 15 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin – 10 yil oʻtgach.
Qonunchilikka koʻra, sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.
Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat J.Mavlonov
Koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti