Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi


Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi
undirilmaydi:

 nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);

 eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);

 koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi);

 tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);

 psixik rivojlanishdagi nuqsonlar 
(psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);

 aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar 
(yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik);

 murakkab nuqsonlar 
(rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

 

 

Piskent tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat                              J.Mavlonov

Koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti