Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Jamoa shartnomasi


Jamoa shartnomasi

 

Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan oʻz vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat toʻgʻrisidagi huquqiy hujjat hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi umuman tashkilotda, uning alohida boʻlinmalarida tuzilishi mumkin.

Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralar oʻtkazish, ish beruvchi nomidan jamoa shartnomasini imzolash uchun ish beruvchi ushbu alohida boʻlinma rahbariga yoki boshqa vakillariga zarur vakolatlar beradi.

Tashkilotning alohida boʻlinmasida jamoaviy muzokaralarni oʻtkazish, jamoa shartnomasini imzolash chogʻida xodimlar manfaatlarini ifoda etish huquqi ushbu boʻlinma xodimlarining vakillariga beriladi.

Jamoa shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

 

 

Piskent tumani Adliya boʻlimi                                                                    Yuridik xizmat koʻrsatish markazi                                                                          bosh yuriskonsulti                                                        R.Mavlanov