Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 498-son Qarori mazmun-mohiyati va ijrosi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 498-son Qarori mazmun-mohiyati va ijrosi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Mamlakatimizda tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish kabi muhim voqea va faktlarni qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FHDY organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashda huquqiy asosdir.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Tug‘ilish va o‘lim holatini kompleks davlat xizmati sifatida ko‘rsatish tartibi joriy etildi va statistika organlariga qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari haqidagi hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan qariyb 60 mln fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi.

Shu bilan birga, ushbu sohada ayrim tizimli muammolar mavjud edi. Xususan, fuqarolar tomonidan eksterritorial tamoyil asosida respublika bo‘yicha o‘zlari xohlagan FHDY organiga murojaat qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanishlari natijasida Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi FHDY bo‘limlariga fuqarolarning murojaatlari soni tobora ortib bordi. Shu davrda, respublikada faoliyat yuritayotgan 8 ta nikoh uylarida esa jami 20 ta shtat birligi mavjud bo‘lgan holda, ular tomonidan faqat nikohni qayd qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilib kelingan. FHDY bo‘limlarida esa nikohni qayd etish bilan birga, tug‘ilish, nikohdan ajratish va o‘limni qayd etish bo‘yicha ham davlat xizmatlari ko‘rsatilar edi. Shunga ko‘ra, ayrim hududlardagi FHDY bo‘limlarini respublikadagi mavjud nikoh uylari shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari bilan ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish, ushbu sohada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 498-son qarori qabul qilindi qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2022 yilda qabul qilingan 28.10.2022-yidan kuchga kirgan 623-sonli qarori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish faolyatiga bir qator yangi funksiyalar qo‘shish va shu paytgacha mavjud bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishning huquqiy asosi bo‘lib hisoblanadi.

 

Qibray tuman FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori

A.N.O‘roqov