Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Kadastr pasportini shakllantirish.


Kadastr pasportini shakllantirish.

https://advice.uz/uploads/S0reiKffzryN7elS3lYPE79To3pTf5M5.jpg

 

 

Fuqorolarga Kochmas mulk obektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigmajildini shakllantirish natijasida kochmas mulk obekti boyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.Kadastr soxasida kadastr paspurtini yangilash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori asosida amalga oshiriladi.

 

                        Xizmat ko’rsatish tartibi quyidagicha.

  • Xizmat tavsifi: Kadastr pasportini shakllantirish
  • Natijani olish usullari: An’anaviy yoki elektron shaklda
  • Xizmatning sohaga tegishliligi: Kadastr pasportini berish



Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentyabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10 iyuldagi 186-son “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori



Xizmatni ko‘rsatish muddati:

Kadastr pasportini tayyorlash ob’ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi

Xizmat natijasi: Kadastr pasportini rasmiylashtirish va berish

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi: Ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar




Arizani Rad etish sabablari:

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

1.    so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

2.    ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

3.    ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

4.    vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

 

 

Davlat xizmatlari markazi servis menejeri Avalboyeva Sohiba

                                  Balqirahmon qizi.