Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi


“Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi

 

Hukumat qarori (517-son, 29.09.2023 y.) bilan “Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan (165 mln so‘m) hamda foiz stavkasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarning “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha ajratiladi.

Hujjatlar jamg‘armaga tushgan sanadan 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma ko‘rib chiqilgandan so‘ng 3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya o‘tkazib beradi.

 

Chinoz tumani adliya bo’limi

YUXKM boshlig’i                                               R.Galiyev